Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga kirishi to‘g‘risidagi protokolni tasdiqladi

Finlyandiyaning Shimoliy Atlantika Shartnomasiga (NATO) qo‘shilishi haqidagi protokolni tasdiqlash taklifi Turkiya Oliy Millat Majlisi (TBMM) Bosh Assambleyasida qabul qilindi.

1967822
Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga kirishi to‘g‘risidagi protokolni tasdiqladi

 

Finlyandiyaning Shimoliy Atlantika Shartnomasiga (NATO) qo‘shilishi haqidagi protokolni tasdiqlash taklifi Turkiya Oliy Millat Majlisi (TBMM) Bosh Assambleyasida qabul qilindi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, qonun loyihasining Turkiya Buyuk Millat Majlisida qabul qilinishini olqishlaganini bildirdi.

Bu haqda Stoltenberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Bu butun NATO oilasini yanada kuchliroq va xavfsizroq qiladi”.  deya ifoda etdi.

Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo ham o‘zining Tvitter’dagi sahifasida NATOning 30 a’zosi Finlyandiyaning a’zoligini ma’qullaganini aytdi.

Niinistyo barcha ratifikatsiya qiluvchi mamlakatlarga ishonch va qo'llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirdi,

"Finlyandiya kuchli va qobiliyatli ittifoqchi bo'lib, NATO xavfsizligiga sodiq qoladi. Finlyandiya endi NATOga a'zo bo'lishga tayyor. Biz Shvetsiyaning imkon qadar tezroq bizga qo'shilishini intiqlik bilan kutamiz". deb  bildirdi.

Finlyandiya Bosh vaziri Sanna Marin ham o‘zining Twitter sahifasida barcha mamlakatlarga ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Biz ittifoqchilar sifatida o'zaro xavfsizlikni ta'minlaymiz. Biz bir-birimizni himoya qilamiz. Finlyandiya hozir va kelajakda Shvetsiyani qo'llab-quvvatlaydi va uning qo'llanilishini qo'llab-quvvatlaydi". Ifodasini ishlatgan.

Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi ham o'zining Tvitter sahifasida NATOga a'zolik jarayoni haqida ma'lumot berdi.

"Rahmat! Finlyandiyaning NATOga a'zo bo'lish protokolini ma'qullash qarori uchun Turkiya Buyuk Millat Majlisiga minnatdormiz".  deb bildirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tasdiqlandi , #Qo'shilish , #TBMM , #NATO , #Finlyandiya

Aloqador xabarlar