Chavusho’g’li Bosniya va Gersegovina Oliy vakili Kristian Shmidt bilan uchrashdi

Bu haqda tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li o'zining Twitter'dagi sahifasida ma'lum qildi.

1960123
Chavusho’g’li Bosniya va Gersegovina Oliy vakili Kristian Shmidt bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li poytaxt Anqarada Bosniya va Gersegovina Oliy vakili Kristian Shmidt bilan uchrashdi.

Bu haqda tashqi ishlar vaziri o'zining Twitter'dagi sahifasida ma'lum qildi.

Chavusho'g'li  Anqarada Bosniya va Gersegovina Oliy vakili Kristian Shmidt bilan uchrashganini, Turkiya Bosniya va Gertsegovinaning barqarorligi va yaxlitligini qo'llab-quvvatlashga davom etishini ma'lum qildi.

Avvalroq, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrish, Norvegiya va Tunis tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mavlud Chovusho'g'li

Aloqador xabarlar