Turkiyadagi yer silkinishida qurbonlar soni yana ortdi

Turkiyadagi 7,7 va 7.6. magnitudali yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi.

1943470
Turkiyadagi yer silkinishida qurbonlar soni yana ortdi

Epitsentri Turkiyaning Kahramanmarash viloyati deb qayd etilgan 7,7 va 7.6. magnitudali yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 ming 894 nafarga chiqdi.

Vitse - prezident Fuat O‘ktay, 6 - fevral kuni yuz bergan va epitsentri Kahramanmarash bo‘lgan yer silkinishi oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 5 ming 894, tan jarohati olganlar soni esa 34 ming 810 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Vayron bo‘lgan binolar soni 5 ming 775, vayronalar ostidan qutqarilganlar soni esa qariyb 8 ming ekanini qayd etgan O‘ktay,

“Qidiruv - qutqaruv faoliyatlarimiz davom etmoqda. Vayron ostida qolgan oxirgi yurttoshimizni ham chiqarmagunga qadar faoliyatimiz davom etadi”. – dedi.

Vitse-prezident, yana 60 218 kishi xizmat uchun mintaqaga yuborilganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar