Turkiya va Qozog'iston xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev Turkiya va Qozog'iston yaqin va qardosh ikki davlat ekanini ta’kidlab, “Biz Turkiya bilan strategik aloqalarni rivojlantirishda davom etamiz” dedi.

1892168

To'qayev bu haqda Erdog’an bilan Akordada saroyida o'tkazilgan qo'shma matbuot anjumanida so'zlagan nutqida ta'kidladi.

Davlat rahbari Turkiya yetakchisi Erdo'g’anni Turk dunyosining ajdodlari bo’lmish Qozog’istonda kutib olishdan mamnunligini bildirdi.

“Bu tashrif shubhasiz, qozoq-turk munosabatlarini mustahkamlaydi”,-deydi u.

To'qayevning so'zlariga ko'ra, bu yil ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanadi. Bu o'tgan davr mobaynida ikki davlat o‘rtasida yaqin siyosiy muloqot, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan davlat munosabatlari rivojlandi.

May oyida poytaxt Anqaraga qilgan rasmiy tashrifi natijasida Prezident Erdo'g’an bilan “kengaytirilgan strategik sheriklik” bayonnomasini imzolaganligiga e’tibor qaratgan To'qayev, ikki davlatning yaqin va qardosh davlat ekanligini ta’kidladi.

“Biz Turkiya bilan strategik aloqalarni rivojlantirishda davom etamiz. Ikki davlatning xalqaro munosabatlardagi pozitsiyasi yaqin. Bu haqiqatan ham muhim. Biz xalqaro va mintaqaviy darajada yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldik”,-deb aytgan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev.

Aloqador xabarlar