THY Yekaterinburg, Minsk, Sochi, Ukraina, Krasnodar va Rostov safarlarini toʻxtatdi

THY Ukraina havo hududining harbiy bo‘lmagan qatnovlarga bekitilishi ortidan Yekaterinburg, Minsk, Sochi, Ukraina, Krasnodar va Rostov safarlarini toʻxtatdi.

1885704
THY Yekaterinburg, Minsk, Sochi, Ukraina, Krasnodar va Rostov safarlarini toʻxtatdi

Turk Havo yoʻllari (THY) Rossiyaning hujumlari yuzasidan Ukraina havo hududining harbiy bo‘lmagan qatnovlarga bekitilishi ortidan Yekaterinburg, Minsk, Sochi, Ukraina, Krasnodar va Rostov safarlarini toʻxtatish haqida qaror qabul qildi.

THY ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali bergan bayonotida:

“Yekaterinburg, Minsk, Sochi, Ukraina, Krasnodar va Rostovga bo‘lgan safarlarimiz (borish va kelish yonalishida) bekor qilindi. Chipta sanasini o‘zgartirish yoki uni qaytarish ishlari uchun veb-saytimiz yoki 0 850 333 0 849 raqamli qo‘ng‘iroq markazimizga murojaat qilishingiz mumkin”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #THY , #Ukraina , #Rossiyaning hujumlari

Aloqador xabarlar