PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 15 terrorist yoʻq qilindi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1859159
PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 15 terrorist yoʻq qilindi

Suriya shimolidagi “Tinchlik bulog‘i”, “Zaytun novdasi” va “Firat qalqoni” amaliyoti olib borilgan mintaqalarda PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 15 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotda,

“Qahramon qo‘mondonlarimiz Tinchlik bulog‘i, Zaytun novdasi va Firat qalqoni amaliyoti olib borilgan mintaqalarda yana bir muvaffaqiyatli amaliyot uyushtirdi. Tinch va xavfsiz muhitni buzish maqsadida hujum uyushtirishga uringan 15 nafar PKK/YPG terror tashkiloti a’zosi yo‘q qilindi. Ulardan 2 nafari yuqori martabali boshqaruvchilardan bo‘lgan”.-degan ifodalarga o‘rin berilgan.



Aloqador xabarlar