Erdoʻgʻan Istanbuldagi Rossiya-Ukraina hay’atlari uchrashuvini baholadi

Prezident Erdoʻgʻan Tehronda Istanbuldagi Rossiya-Ukraina hay’atlari uchrashuvini baholadi.

1857022
Erdoʻgʻan Istanbuldagi Rossiya-Ukraina hay’atlari uchrashuvini baholadi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Istanbuldagi Rossiya-Ukraina hay’atlari uchrashuvini nazarda tutgan holda:

“Bu yerdan biz oladigan natija, butun dunyoga ijobiy ta’sir qiladi”,-dedi.

Prezident Erdoʻgʻan kecha kechqurun uch tomonli Ostona sammiti doirasida Eronga tashrif buyurgan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Ikkala liderning Rossiya-Ukraina urushi boshlagan 24-fevraldan beri birinchi marotaba amalga oshgan yuzma-yuz uchrashuvi, Tehron xalqaro anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi.

Oʻz soʻzini minnatdorchilik bildirish bilan boshlagan Erdoʻgʻan, yuzma-yuz uchrashmagan jarayon davomida Rossiya bilan diplomatik aloqani telefon orqali davom ettirganliklarini yodga soldi.

Kecha, Ostona formatida uchrashishning ham buyuk yutuq ekanini ta’kidlagan Erdoʻgʻan:

“Oʻrtamchilik formatida esa Rossiyaning yondashuvi ijobiy tusda davom etmoqda. Rossiya hay’atining soʻnggi Istanbul muzokaralaridagi (mart oyida) munosabati ham ijobiy. Bu yerdan biz oladigan natija, butun dunyoga ijobiy ta’sir qiladi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar