Turkiyaning Izmir shahri Yevropa mukofotiga loyiq deb topildi

Bu yil Izmir Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (YKPA) tomonidan “Yevropa mukofoti”ga loyiq deb topildi.

1818897
Turkiyaning Izmir shahri Yevropa mukofotiga loyiq deb topildi

 

Bu yil Izmir Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (YKPA) tomonidan “Yevropa mukofoti”ga loyiq deb topildi.

Fransiyaning Strasburg shahrida davom etayotgan YKPA Bahorgi Bosh Assambleyasida YKPA prezidenti Tini Kox Izmirning “2022 Yevropa mukofoti”ni qo‘lga kiritganini ma’lum qildi.

Yevropa Kengashi tomonidan  berilgan  bayonotda, Turkiyaning 3-katta shahri bo'lgan Izmining 24 shahar bilan qardosh shahar ekanligi va xorijlik shahar hokimliklari  bilan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlikka ahamiyat berayotgani ta'kidlandi.

Ko'plab xorijiy delegatsiyalar  Izmirga tashrif buyurganini  bildirilgan bayonotda, shaharda ko'plab xalqaro tadbirlar o'tkazilganligi qayd etildi.

Bayonotda, Izmirning tabiiy ofat qurbonlari va muhtojlar bilan birdam bo'lgan shahar ekanligi qayd etildi.

Izmirning “Yevropa shaharlari uyushmasi” deb nom olgan EUROCITIES va O‘rtayer dengizi shaharlari uyushmasi (MedCities) kabi xalqaro tashkilotlarda ham faol rol o‘ynagani ta’kidlandi.

“2022 Yevropa mukofoti”ga Izmir bilan bir qatorda  Germaniyadan, Bamberg va Ingolstadtdan tashqari, Polshadan Boleslawiec, Litvadan Palanga va Ukrainadan Ternopil ham  nomzod ro’yxatida edi.

Yevropa mukofoti 1955 yilda YKPA tomonidan berila  boshladi .

Chet el shahar hokimliklari  bilan qardosh shahar hokimliklari  kelishuvlariga ega boʻlgan va Yevropadagi hamkorlari bilan munosabatlarini yaxshilash uchun keng koʻlamli faoliyatlar  amalga oshirayotgan shaharlar va shahar hokimliklari  Turkiyada  oldindan  Istanbul, Bursa va Anqara tomonidan qoʻlga kiritilgan Yevropa mukofotiga nomzod boʻladilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar