Qadr kechasi Ramazon oyining eng fazilatli eng afzal kechasidir

Ramazon oyining eng fazilatli eng afzal kechasi Qadr kechasi ertaga idrok etiladi

1818386
Qadr kechasi Ramazon oyining eng fazilatli eng afzal kechasidir

Qadr kechasi Qur’on-i Karimda, “Ming oydan ham yaxshiroqdir” deb qayd etilar ekan, u kecha Ramazon oyining yigirma yettinchi kechasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Islom dinida Qur’on-i Karim nozil qilina boshlagan Qadr kechasi, “Sharaf va ulug‘lash, hukm va taqdir kechasidir. Duolar va tovbalar qabul qilingan muqaddas kechadir”.  Qolaversa Qur’on-i Karimda nomi zikr qilingan yagona va eng afzal kecha sifatida o‘rin olgan.

Qur’on-i Karimda Qadr kechasi quyidagicha marhamat qilinadi:

“Albatta biz u (Qur’on) ni Qadr kechasida nozil qildik. Qadr kechasining nima ekanligini siz qayerdan ham bilar edingiz?! Qadr kechasi ming oydan ham yaxshiroqdir. U kechada farishtalar va Jabroil alayxissalom Olloxning izni va ixtiyori bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan tusharlar. U (kecha) to tong otguncha tinchlik-omonlikdir”.

Qadr kechasi Turkiyaning to‘rt burchagida jome’ masjidlarda ibodat va duolar bilan idrok etiladi.



Aloqador xabarlar