Izmir qirgʻogʻidan uzoq nuqtada 67 nafar muhojir quruqlikka olib chiqildi

Sohil Xavfsizlik qoʻmondonligi chorasiz qolgan muhojirlarga yordam berish faoliyatlarini davom ettirmoqda.

1719994
Izmir qirgʻogʻidan uzoq nuqtada 67 nafar muhojir quruqlikka olib chiqildi

Izmir qirgʻogʻidan uzoq nuqtada Gretsiya Sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga itarilgan 67 nafar noqonuniy muhojir quruqlikka olib chiqildi.

Sohil Xavfsizlik qoʻmondonligi internet saytida oʻrin olgan bayonotga koʻra qoʻmondonlik xodimlari Gretsiya unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga itarilgani aniqlangan puflangan qayiqdagi noqonuniy muhojirlarga qaratilgan faoliyatlari doirasida 13-oktabr kuni Dikili qirgʻogʻidan uzoq nuqtada 21, Cheshme qirgʻogʻidan uzoq nuqtada 33, Menderes qirgʻogʻidan uzoq nuqtada 13 nafar noqonuniy muhojirni quruqlikka olib chiqdi.  

Chet ellik 67 nafar muhojir, kerakli protsedura ortidan viloyatdagi migratsiya yetakchiligiga yuborildi.



Aloqador xabarlar