Turkiyada Covid-19ga qarshi qoʻllanilgan vaksina dozasi miqdori 100 milliondan oshdi

Turkiyada yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi qoʻllanilgan vaksina dozasi miqdori 100 milliondan oshdi.

1705306
Turkiyada Covid-19ga qarshi qoʻllanilgan vaksina dozasi miqdori 100 milliondan oshdi

Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi qoʻllanilgan vaksina dozasi miqdori 100 milliondan oshdi.

Sogʻliqni Saqlash vazirligining “covid19asi.saglik.gov.tr” saytida oʻrin olgan ma’lumotlarga koʻra bugun Turkiya vaqti bilan 13:44 dan e’tiboran 50 million 822 ming 59 birinchi, 39 million 488 ming 261 ikkinchi va 9 million 208 ming 878 uchinchi doza vaksina qoʻllanilgan.

Shunday qilib, Turkiyada qoʻllanilgan dozalarning umumiy soni 100 million 13 ming 389 boʻldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #vaksina , #Covid-19

Aloqador xabarlar