Widodo Turkiyaga keliboq Prezident Erdog’an bilan uchrashuv o’tkazdi

Indoneziya Prezidenti Joko Widodo Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning rasmiy taklifiga binoan bugun Turkiyaga tashrif buyurdi.

765888
Widodo Turkiyaga keliboq Prezident Erdog’an bilan uchrashuv o’tkazdi

Indoneziya Prezidenti Joko Widodo bugun Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan rasmiy marosim bilan kutip olindi.

Ikkala lider kutib olish marosimi ortidan yakkama-yakka uchrashuv o’tkazib ortidan, hay’atlaro uchrashuvga o’tdi.

Uchrashuvlarda o’zaro munosabatlardan tashqari mintaqaviy va xalqaro mavzular qo’lga olinmoqda.

Ziyoratning strategik sheriklikning rivojlantirilishiga va ikki mamlakatning qardosh xalqlar o’rtasidagi aloqalarining yana-da kuchaytirilishiga hissa qo’shishi qayd etilmoqda.

Turkiya bilan Indoneziya o’rtasida Erkin tijorat shartonmasi yoki Keng ko’lamli iqtisodiy sheriklik shartnomasi bo’yicha muzokara boshlatish masalasi ham ko’zda tutilmoqda.

Prezident Erdog’an 2015-yilning 30-iyulidan boshlab 1-avgustigacha amaliy tashrif bilan Indoneziyada bo’lib qaytgan edi.  

Aytib o’tish joizki Indoneziya Prezidenti Joko Widodo Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning rasmiy taklifiga binoan bugun Turkiyaga tashrif buyurdi. 

Joko Widodoni poytaxt Anqaradagi Esenbog’a nomidagi aeroportdan Bosh vazir o’rinbosari Nurettin Janikli rahbarligidagi hay’at kutib oldi.

 



Aloqador xabarlar