Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmudni poytaxt Anqarada rasmiy marosim bilan kutib olindi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Turkiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmudni poytaxt Anqarada rasmiy marosim bilan kutib oldi.

1852861

Mahmudni Prezident majmuida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yakkama-yakka uchrashuv o'tkazgan Erdo'g'an va Mahmud, keyinroq delegatsiyalar o'rtasida ham uchrashuv o'tkazadi.

Mahmud, uchrashuvlari doirasida Isparta shahrida ta'lim olgan Somalilik askarlarni, so'ngra Turkiya Respublikasining asoschisi G’azi Mustafo Kamol Otaturkning marqadi  joylashgan Anqaradagi Anitkabirni ziyorat qildi.

Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud Ispartada ta'lim olgan "Somali askarlarini "ni ziyorat qildi.

Prezident Mahmud hamrohlik qilayotgan oliy darajadagi delegatsiya bilan Turkiyaga ilk rasmiy tashrifini uyushtirmoqda.

Somali Mudofaa vaziri Abdulqodir Muhammed Nur o'zining Twitter sahifasida Prezident Mahmud hamrohligidagi delegatsiyaning "Ispartada ulug'vor Turk qo'shini tomonidan tarbiyalangan Somalilik askarlarni" ziyorat qilganini bildirdi.

Somali armiyasining davlatning eng katta kafolati ekanligini ta'kidlagan Nur Shunday dedi:

"Do'stlarga ishonish va dushmandan qo'rqish, bizning g'ururimiz Somali Milliy Armiyasi Somali davlatining eng katta kafolati. Rahmat."

Aloqador xabarlar