Iroq shimolida jangarilar bilan otishmada 3 nafar turk askar halok bo’ldi

“2022-yil 24-may kuni "Panja-Qulf" operatsiyasi hududida yuz bergan terroristlar bilan toʻqnashuvda 3 nafar qahramon askarimiz halok boʻldi",- deyilgan Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi bayonotida.

1831561
Iroq shimolida jangarilar bilan otishmada 3 nafar turk askar halok bo’ldi

 

Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan Iroq shimolida olib borilayotgan "Panja-Qulf" amaliyoti hududida terroristlar bilan to’qnashuv yuz berdi.

Otishmalar natijasida 3 askar halok bo’ldi, 4 askar tan jarohati oldi.

Bu haqda Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etilgan.

“2022-yil 24-may kuni "Panja-Qulf" operatsiyasi hududida yuz bergan terroristlar bilan toʻqnashuvda 3 nafar qahramon askarimiz halok boʻldi, 4 nafar qahramon askarimiz tan jarohati oldi. Ular zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi",-deyiladi bayonotda.

"Bizni chuqur qayg‘uga solgan ushbu voqeada hayotdan ko‘z yumgan shahidlarimizni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Ularning oila a’zolariga, Turkiya Qurolli Kuchlari va olijanob xalqimizga hamdardlik tilaymiz! Jarohatlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz!",- deyilgan Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi bayonotida.


Tanlangan kalimalar: #Turk Qurolli Kuchlari , #Iroq , #Panja-Qulf

Aloqador xabarlar