Erdo‘g‘an: "NATO xavfsizlik tashkilotidir, terror tashkilotlarini qabul qila olmaymiz".

Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasidagi Xalq kutubxonasida uyushtirilgan “Kutubxona suhbatlari” dasturida Turkiyaning turli viloyatlaridan kelgan yoshlar bilan uchrashdi.

1829357
Erdo‘g‘an: "NATO xavfsizlik tashkilotidir, terror tashkilotlarini qabul qila olmaymiz".
erdogan genclerle bulusma1.jpg
erdogan genclerle bulusma.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Finlandiya va Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish borasidagi murojaati haqida:

“NATO xavfsizlik tashkilotidir. Terror tashkilotlarini qabul qila olmaymiz. Bu mamlakatlar, PKK/YPGga mezbonlik qilmoqda”,-dedi.

Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasidagi Xalq kutubxonasida uyushtirilgan “Kutubxona suhbatlari” dasturida Turkiyaning turli viloyatlaridan kelgan yoshlar bilan uchrashdi.

Erdo‘g‘an yoshlarning savollariga javob berar ekan, PKK/YPG terror tashkilotiga mezbonlik qilgan Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishini qabul qilmasliklari va Shvetsiyaning haqiqiy terror uyasi ekanini ta’kidladi. Turkiyaga qurol masalasida ham sanksiya kiritganini qayd etdi.

NATOning xavfsizlik tashkiloti ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Bunday xavfsizlik tashkiloti tarkibida terror tashkilotining boʻlishini qabul qila olmaymiz. Shuning uchun ham qatʼiyat bilan bu siyosatni davom ettiramiz va NATOga Finlandiya bilan Shvetsiyaning aʼzo boʻlishini qabul qilmasligimizni do‘stlarimizga yetkazdik. Yo‘limizni shunday davom etamiz”.-deya gapirdi.

Erdo‘g‘an Rossiya-Ukraina urushi haqida berilgan savolga esa, Turkiyaning ikkala davlat bilan aloqali muvozanat siyosati yuritayotganini va bu siyosatda nomi tilga olingan davlatlarning prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bila aloqalarni uzish niyati aslo yo‘qligini ta’kidladi.

Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali diplomatik muloqatini davom ettirayotganini ifoda etgan Erdo‘g‘an:

“Men ularga maxsus vakilimni yuboryapman va bundan keyingi jarayonda ham huddi shunday davom etamiz. Chunki yangi jahon urushining chiqishi mintaqamizga ham dunyoga ham hech qanday foyda olib kelmaydi”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an,

“Mintaqada barqarorlik unsuri bo‘ladigan davlat bo‘lsa, u ham Turkiyadir. Shunday ekan uni himoya qilishimiz kerak”,-deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar