Turkiya Ukraina-Rossiya muammosini hal qilish uchun o‘rtamchilik qilishga tayyor

Erdo‘g‘an Istanbulda kun tartibini baholadi.

1766523
Turkiya Ukraina-Rossiya muammosini hal qilish uchun o‘rtamchilik qilishga tayyor

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Rossiya-Ukraina inqirozi haqida:

“Biz tinchlik uchun o‘rtamchilik qilamiz”,-dedi.

Erdo‘g‘an Istanbulda kun tartibini baholadi.

Prezident Erdo‘g‘an unda:

“(Rossiya - Ukraina inqirozi)  Ishg‘ol yoki qanaqadir urush chiqsa bu vaziyat mintaqaning tinchligi uchun jiddiy muammo yaratadi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

“Bu ahvol mintaqani jiddiy ravishda bezovta qiladi. Qolaversa qariyb 40 million aholiga ega Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida tartibsizlik chiqishini Turkiya sifatida biz ham xohlamaymiz.”-degan Prezident:

 “Turkiyaning Rossiya bilan aloqalari bor. Turkiya-Rossiya munosabatlari barcha sohalarda shu jumladan siyosiy, harbiy, madaniy asosda rivojlanmoqda. Ukraina bilan ham huddi shunday. Bu ijobiy o‘zgarishlarni biz Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi salbiylikka aylanishini qabul qila olmayapmiz”.-deya gapirdi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik hukm surishi uchun Turkiyaning o‘rtamchilik qilishi mumkinligini qayd etgan Erdo‘g‘an:

“Bu borada zimmamizga tushgan vazifamiz bo‘lsa uni bajarishga tayyor ekanimizni avval ham aytgandik. Bu borada balki janob (Rossiya Prezidenti Vladimir) Putin bilan telefon orqali yoki Moskvaga tashrif uyushtirish mumkin. Biz mintaqada tinchlik hukmron boʻlishini istaymiz. Zimmamizga tushgan vazifani bajarishga tayyormiz”.-dedi.

 



Aloqador xabarlar