Turkiya Afg'oniston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Afg‘oniston g‘arbida sodir bo‘lgan 5,3 magnitudali zilzila oqibatida qurbonlar soni 22 nafarga yetdi.

1764327
Turkiya Afg'oniston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Afg'onistonning Badgis viloyatida sodir bo'lgan zilzilada ko'plab insonlarning halok bo'lganligi munosabati bilan Afg'oniston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Afg'oniston g'arbidagi Badgis viloyatida sodir bo'lgan zilzilada ko'plab insonlar qurbon bo'lgani va jarohatlanganlar borligi, ko'plab uylarning zarar ko'rgani ma'lum qilindi.

“Doʻst va qardosh afgʻon xalqiga, ayniqsa, zilzilada halok boʻlganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilab, Turkiya sifatida har doimgidek har qanday insonparvarlik yordamini berishga tayyorligini bildiramiz",- deyiladi bayonotda.

Ma'lumot uchun, kecha, 17-yanvar kuni Afg‘oniston g‘arbida sodir bo‘lgan 5,3 magnitudali zilzila oqibatida qurbonlar soni 22 nafarga yetdi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari Geologik Tadqiqotlar Markazi tomonidan berilgan bayonotda, zilzila o'chog'i Badgis viloyatiga qarashli Kale-i Nev shahrining 41 km sharqida joylashgan. 5,3 magnitudali zilzila yerning 18,8 km chuqurligida yuzaga kelgan.

Zilzila oqibatida 4 kishining tan jarohati olganini qayd etgan rasmiylar, qidiruv-qutqaruv ishlarining davom etayotganini va qurbonlar sonining ortishidan xavotirda ekanligini bildirdi.

Badgisning Mukur tumanida ba'zi uylar vayron bo'lgani va jarohatlanganlar borligi qayd etilgan.

Zilzila Hirot va Farah viloyatlarida ham sezilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar