Turkiya Sudanga bir million doza vaksina yuboradi

Turkiyaning Xartumdagi elchisi Irfan Nezirog‘lu Turkiya Sudanga koronavirusga qarshi vaksinaning bir million dozasini xayriya qilishini ma’lum qildi.

1762512
Turkiya Sudanga bir million doza vaksina yuboradi

 

Turkiyaning Xartumdagi elchisi Irfan Nezirog‘lu Turkiya Sudanga koronavirusga qarshi vaksinaning bir million dozasini xayriya qilishini ma’lum qildi.

Nezirog'luSudan Mustaqillik kengashi a'zosi general-mayor İbrahim Jobir bilan Prezidentlik saroyidagi idorasida uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy aloqalar muhokama qilindi.

Nezirog'lu dekabr oyida Istanbulda bo'lib o'tgan 3-Turkiya-Afrika hamkorlik sammiti haqida Jobirga ma'lumot berdi.

Nezirog'lu sammitda Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning Afrika qit'asiga yordam qatorida 15 million doza vaksina yetkazishini ma'lum qilganligini, Sudanga esa 1 million doza vaksina yuborishni rejalashtirganligini bildirdi.

Jobir esa, Turkiya har doim Sudanning yonida ekanligini, Turkiyaning ayniqsa sanoat va texnologiya sohasidagi tajribalaridan foydalanishni xohlayotganini bildirdi va vaksina yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Sudan

Aloqador xabarlar