Prezident Erdoʻgʻan Olaf Scholzni tabrikladi

Prezident Erdoʻgʻan bilan Olaf Scholz telefon orqali muloqat qildi.

1750813
Prezident Erdoʻgʻan Olaf Scholzni tabrikladi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Germaniya kansleri Olaf Scholzni lavozimiga kirishishi munosabati bilan tabrikladi.

Germaniya hukumati voizi Steffen Hebestreit mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, Scholz bilan Erdoʻgʻanning telefon orqali muloqot qilganini bildirdi.

Hebestreit,

“Prezident Erdoʻgʻan kanslerni lavozimiga kirishishi munosabati bilan tabrikladi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Ikki liderning Turkiya va Germaniya oʻrtasida yaqin koordinatsiyani davom ettirish istagida kelishib olganliklarini ham ifoda etgan Hebestreit, uchrashuv markazida oʻzaro aloqalar va tashqi siyosat masalalari boʻlganiga e'tibor qaratdi.

 



Aloqador xabarlar