Erdoʻgʻan 2022-yil byudjetining mamlakatga va xalqqa foydali boʻlishini tiladi

Prezident Erdoʻgʻan kecha poytaxt Anqarada uyushtirilgan vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan xalqqa xitob etdi.

1750305
Erdoʻgʻan 2022-yil byudjetining mamlakatga va xalqqa foydali boʻlishini tiladi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, 2022-yil byudjetining mamlakatga va xalqqa foydali boʻlishini tiladi.

Prezident Erdoʻgʻan kecha poytaxt Anqarada uyushtirilgan vazirlar kengashi yigʻilishi ortidan xalqqa xitob etdi.

Erdoʻgʻan unda, oʻtgan haftaning juma kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Bosh Assambleyasida muhokamasi tamomlanib, qabul qilingan 2022-yil byudjetining mamlakatga va xalqqa foydali boʻlishini tiladi.

Byudjetning 67 strategik dasturi orqali Turkiyani sarmoya, ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarish va eksport yoʻli bilan rivojlantirish rejalariga hissa qoʻshishini qayd etgan Erdoʻgʻan:

“Byudjetimiz yangilikchi va ekologik jihatlari bilan ajralib turadi. Bugungacha boʻlganidek 2022-yilgi byudjetni ham biz belgilagan daromad va xarajat jadvallari doirasida yurtimiz maqsadlari va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladigan tarzda amalga oshiramiz”.-dedi.

Prezident Erdoʻgʻan, Turkiyaning oxirgi 19 yilda oʻrtacha 5,1 foiz oʻsish sur’atiga erishgan iqtisodiyotga ega ekanini ta’kidladi.

Erdoʻgʻan demokratiya, taraqqiyot, xavfsizlik va diplomatiya sohasida ham munosib oʻringa olib kelgan Turkiyani, iqtisodiyotda ham xuddi shunday muvaffaqiyatga erishtirishda qarorli ekanliklarini ham oʻz soʻziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar