Prezident Erdoʻgʻan Qatarda shaxsi hurmatiga berilgan ziyofatda ishtirok etdi

Prezident Erdoʻgʻan rasmiy ziyorat uchun borgan Qatarda, shaxsi hurmatiga berilgan ziyofatda ishtirok etdi.

1744008
Prezident Erdoʻgʻan Qatarda shaxsi hurmatiga berilgan ziyofatda ishtirok etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan rasmiy ziyorat uchun borgan Qatarda, shaxsi hurmatiga berilgan ziyofatda ishtirok etdi.

Prezident Erdoʻgʻan sharafiga Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Al-Soniyning otasi Amir Shayx Hamad bin Xalifa Al-Soniy tomonidan ziyofat berildi.

Prezident Erdoʻgʻan va rafiqasi Emine Erdoʻgʻan ishtirok etgan poytaxt Dohadagi kechki ovqat, matbuotga yopiq tarzda oʻtkazildi.

Erdoʻgʻanning Qatarga boʻlgan tashrifi chogʻida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar har tomonlama muhokama qilinib Afgʻoniston, Suriya va Liviya bosh boʻlish bilan birga mintaqaviy masalalar ustidan fikr almashiladi.

Erdoʻgʻanning Qatarga tashrifi chogʻida mavjud hamkorlikni oshirish uchun kerakli qadamlar ham tashlanadi.

Shu doirada Turkiya-Qatar Oliy strategik qoʻmita yigʻilishining yettinchisi boʻlib oʻtadi.

Ikki davlat oʻrtasida birinchisi 2015-yili oʻtkazilgan qoʻmita yigʻilishi natijasida savdodan energetikaga, mudofaadan sanoatga qadar koʻplab sohalarda 62 shartnoma imzolangandi.

Erdoʻgʻan va Al Soniy yetakchilik qiladigan bu galgi yigʻilishda ham turli shartnomalarga qoʻl qoʻyiladi.


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Prezident Erdoʻgʻan

Aloqador xabarlar