Mavlud Chavusho’g’li Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi bilan uchrashdi

Bo'lib o'tgan uchrashuvda tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

1738916
Mavlud Chavusho’g’li Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi bilan uchrashdi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha, 25-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Turkiyada bo'lib turgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Husayin Ibrohim Taha bilan uchrashdi.

Bo'lib o'tgan uchrashuvda tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi konstruktiv muloqot jadal rivojlanayotgani va amaliy hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Vazir Chavusho'g'li Turkiyaga birinchi tashrifini amalga oshirgan Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayin İbrohim Taha bilan uchrashganini Twitter'dagi rasmiy sahifasida ma'lum qildi.

"Janob Taha bilan islom olamini tashvishga solayotgan masalalarni muhokama qildik”,-deb ma'lum qilgan Turkiya TIV rahbari.

Kunning ikkinchi yarmida Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayin Ibrohim Tahani qabul qildi.

Prezident saroyida 50 daqiqa davom etgan uchrashuv matbuotga yopiq tarzda o‘tkazildi.



Aloqador xabarlar