Tunjelida PKK tomonidan foydalanilgan 9 boshpana yo‘q qilindi
Turkiyaning Tunjeli viloyatining Nazimiye tumanida PKK tomonidan foydalanilgan 9 boshpana yo‘q qilindi.
Turkiyaning Tunjeli viloyatining Nazimiye tumanida uyushtirilgan amaliyotda, PKK terror tashkiloti tomonidan foydalanilgan 9 boshpana yo‘q qilindi.
Gubernatorlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, viloyat jandarmeriya qo‘mondonligi xodimlari, “Eren-6” amaliyoti doirasida Nazimiye qishlog‘ida terror tashkilotlariga qarshi amaliyot o‘tkazgan.
Dalada maxsus o‘rgatilgan itlar bilan qidiruv faoliyati olib borgan xavfsizlik kuchlari natijada, terroristlar tomonidan foydalangani aniqlangan 9 ta boshpana topgan.
Vayron qilingan boshpanalardagi qidiruv chog‘ida o‘q-dorilar va ko‘p miqdorda ro‘zg‘or ashyolari qo‘lga kiritilgan.
Mintaqada terroristlarning qishki bazalari va viloyatlardan o‘tishini oldini olish maqsadida 1060 nafar xodim ishtirokida amaliyotlar davom ettirilmoqda.