Turkiya Respublikasi bugun 98 yoshga to'ldi!

Bundan 98 yil muqaddam, 1923 yilning 29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi e'lon qilingan.

1726546
Turkiya Respublikasi bugun 98 yoshga to'ldi!

 

Bugun Turkiyada 29 oktyabr – Respublika bayrami keng nishonlanmoqda.

Bundan 98 yil muqaddam, 1923 yilning 29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi e'lon qilingan.

Shu munosabat bilan har yili 29 oktyabr kuni nafaqat Turkiyada, balki Shimoliy Kipr Turk Respublikasida ham milliy bayram qatorida nishonlanadi.

Har yili bo’lganidek, bu yil ham Turkiya Respublikasining 98 yilligi butun mamlakat bo’ylab, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda Turkiya Respublikasining e'lon qilinishi xotirasiga bag‘ishlab turli marosimlar, tadbirlar o’tkaziladi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun, ushbu milliy bayram munosabati bilan Anitkabirni ziyorat qildi.

Erdo’g’an bugun bayram munosabati bilan prezidentlik saroyida tabriklarni qabul qiladi.

 



Aloqador xabarlar