PKK terror tashkilotining yana bir a’zosi xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi

Ko‘ndirish faoliyatlari natijasida 2021-yili xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lgan PKK a’zolari soni 167 nafarga yetdi.

1726261
PKK terror tashkilotining yana bir a’zosi xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi

PKK terror tashkilotidan qochgan va qidiruvdagi terroristlar ro‘yxatining toq sariq kategoriyasida o‘rin olgan 1 nafar tashkilot a’zosi xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, vazirlik koordinatsiyasida Jandarmeriya bosh qo‘mondonligi va Milliy Politsiya idorasi boshqarmasi tomonidan olib borilgan ko‘ndirish faoliyatlari natijasida PKK terror tashkilotidan qochgan 1 nafar tashkilot a’zosining xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lgani bildirildi.

Bayonotda, taslim bo‘lgan tashkilot a’zosining 2010-yili terror tashkiloti tarkibiga kirgani, qidiruvdagi terroristlar ro‘yxatining toq sariq kategoriyasida o‘rin olgani va Iroqda faoliyat olib borganiga aniqlik kiritilgani qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, davom etayotgan ko‘ndirish faoliyatlari natijasida 2021-yili taslim bo‘lgan tashkilot a’zolari soni 167 nafarga yetgani ta’kidlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #xavfsizlik kuchlari , #PKK

Aloqador xabarlar