Tunjelida bir askar shahid boʻldi

Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.

1723189
Tunjelida bir askar shahid boʻldi

Tunjelidagi “Eren-7” amaliyotida bir askar shahid boʻldi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Turkiyaning Tunjeli viloyatida uyushtirilgan amaliyotda ogʻir tan jarohati olgan bir askarning kasalxonada shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay shahid boʻlgani ma’lum qilindi.

Bayonotda: “Shahidimizga Ollohdan rahmat tilab, oilasi va yaqinlariga hamdardlik tilaymiz”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.

Kelib chiqqan toʻqnashuvda bir askarni shahid qilgan terroristning qidirilgan terroristlar roʻyhatining kul rang kategoriyasida oʻrin olgan “Kurtay Sherzan” degan kod nomiga ega Hayrettin Gunesh ekani va u bilan birga yana bir terroristning oʻlik holatda qoʻlga tushirilgani qayd etildi.

Ichki ishlar vaziri Sulayman Soʻylu, ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postda,  Tunjelida davom etgan va 2 terrorist yoʻq qilingan “Eren-7” amaliyotida ogʻir tan jarohati olgan askarning shahid boʻlganini ma’lum qilib, shahidga Olloxdan rahmat tilab, oilasiga hamdardlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Tunjeli , #shahid , #Eren-7 , #terrorist

Aloqador xabarlar