Turkiya Yamandagi bombali hujumni keskin qoraladi

Turkiya Yamanning Aden gubernatori Ahmad Hamid Lamlasni nishonga olgan bombali hujumni keskin qoraladi.

1717716
Turkiya Yamandagi bombali hujumni keskin qoraladi

Turkiya Yamanning Aden gubernatori Ahmad Hamid Lamlas konvoyiga qarshi uyushtirilgan bombali hujumni qoralab, ta’ziya izhor etdi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda:

“Yamanning Aden viloyatida shahar hokimi Ahmad Hamid Lamlas konvoyiga qarshi bomba yuklangan mashina orqali uyushtirilgan hujum oqibatida jon bergan va ko‘plab tan jarohati olganlar borligi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan eshitdik”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bayonotda shuningdek:

“Biz ushbu dahshatli hujumni qoralaymiz. Halok bo‘lganlarga rahmat, tan jarohati olganlarga esa shifo tilaymiz. Do‘st va qardosh Yaman xalqi va hukumatiga ta’ziya izhor etamiz”.-deyildi.

Yaman Axborot vaziri Muammar al-Iryoniy o‘zining Twitter hisobi orqali bergan bayonotida, Aden shahar hokimi Ahmad Hamid Lamlas konvoyiga qarshi bombali hujum uyushtirilgani va voqeada 6 kishining halok bo‘lib, 7 kishining tan jarohati olganini ma’lum qilgandi.

Aden shahar hokimi Lamlas esa bergan bayonotida, ahvolining yaxshi ekanidan xabar qilgandi.

 



Aloqador xabarlar