Turkiya Rossiya hukumatiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Rossiya tarkibidagi Tatariston Respublikasining Menzelinsk shahrida L-410 rusumli yengil motorli samolyot qulab tushishi oqibatida ko'plab insonlarning halok bo'lganligi munosabati bilan Rossiya hukumatiga hamdardlik bildirdi.

1717536

"Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Tatariston Respublikasida samolyot halokati ro'y bergani va unda 16 kishi halok bo'lganidan boxabar bo'ldik. Ushbu fojiali voqeada halok bo'lganlarning yaqinlariga va Rossiya Federatsiyasi hukumatiga chuqur hamdardlik bildiramiz. Yaradorlarga shifo tilaymiz!",-deyiladi ta'ziya maktubida.

Kecha, 10 oktyabr kuni Rossiya tarkibidagi Tatariston Respublikasining Menzelinsk shahrida L-410 rusumli yengil motorli samolyot qulab tushdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, fojiada 16 kishi halok bo'lgan, 6 kishi jarohatlangan.

Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, samolyot aerodromdan parvoz qilgach, ko‘p o‘tmay qulab tushgan. Samolyot bortida jami 23 kishi bo‘lgan. Shifoxonaga olti nafar jabrlanuvchi yotqizilgan, ulardan biri o‘ta og‘ir ahvolda.

Halokat ro‘y bergan joyga 50dan ortiq qutqaruvchi va 17ta texnika jalb etilgan. Voqea joyiga Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov ham yetib kelgan.

Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar