Erdoʻgʻan yurttoshlarining hammasini Covid-19ga qarshi emlanishga chaqirdi

Prezident Erdoʻgʻan yurttoshlarining hammasini yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi emlanishga chaqirdi.

1705378
Erdoʻgʻan yurttoshlarining hammasini Covid-19ga qarshi emlanishga chaqirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi qoʻllanilgan vaksina dozasi sonining 100 millionga yetganini bildirdi.

Erdoʻgʻan Twitter hisobi orqali bergan bayonotida:

“Xudoga shukur, bugun 100 million dozalik vaksina soniga yetdik. Mahalliy vaksinamiz TURKOVACdan ham keng foydalanish orqali nasib qilsa yurtimizni bu musibatdan qutqaramiz. Yurttoshlarimizning hammasini emlanib, Covid-19ga qarshi kurashimiz kuchiga-kuch qoʻshishga chaqiraman”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdoʻgʻan , #TURKOVAC , #Covid-19

Aloqador xabarlar