Kongo Demokratik Respublikasi prezidenti Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an oliy martabali mehmonni Anqaradagi prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

1704521
Kongo Demokratik Respublikasi prezidenti Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Kongo Demokratik Respublikasi prezidenti Felix Tshisekedi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning rasmiy taklifiga binoan kecha, 7 sentyabr kuni Turkiyaga tashrif buyurdi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an oliy martabali mehmonni Anqaradagi prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Yetakchilar tor doiradagi o'zaro uchrashuvlarni amalga oshirdi.

Prezidentlar ishtirokidagi hay'atlararo muzokaralardan so'ng, ko'p tomonlama hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimi bo'lib o'tadi. So'ngra qo'shma matbuot anjumani o'tkaziladi.

Prezident ma’muriyatining kommunikatsiyalar bo’yicha departamenti ma’lum qilishicha, mazkur tashrif Kongo Demokratik Respublikasidan Turkiyaga prezident darajasida amalga oshirilgan birinchi rasmiy ziyorat bo’lib hisoblanadi.

Yetakchilar uchrashuv va muzokaralar doirasida Turkiya-Kongo munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiladi. Shuningdek, ko’p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko’zdan kechiradi.

Ayni vaqtda, yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini, shu jumladan Turkiya-Afrika hamkorligi bo’yicha sammitga puxta tayyorgarlik ko’rish masalalarini ko‘rib chiqadilar. Afrikadagi o’zgarishlar yuzasidan fikr almashadilar.

 



Aloqador xabarlar