Turkiyada koronavirusga qarshi 95 mlndan ortiq vaksina qo'llanildi

Bugun, 2-sentyabr payshanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 09:50 holatiga ko'ra, vaksinaning birinchi dozasini qabul qilganlar soni 48 mln 616 ming 804 nafar, ikkinchi dozani qabul qilganlar soni 37 mln 427 ming 546 nafarni tashkil qilmoqda.

1701387
Turkiyada koronavirusga qarshi 95 mlndan ortiq vaksina qo'llanildi

 

Turkiyada shu kungacha koronavirusga qarshi 95 mlndan ortiq vaksina qo'llanildi.

Bu haqda Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligining "covid19asi.saglik.gov.tr" saytida ma'lum qilingan.

Ushbu saytda o'rin olgan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyada shu kungacha koronavirusga qarshi 95 mln 11 ming 116 doza vaksina qo'llanildi.

Bugun, 2-sentyabr payshanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 09:50 holatiga ko'ra, vaksinaning birinchi dozasini qabul qilganlar soni 48 mln 616 ming 804 nafar, ikkinchi dozani qabul qilganlar soni 37 mln 427 ming 546 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda umumiy hisobda 95 mln 11 ming 116 doza vaksina qo'llanildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Turkiya

Aloqador xabarlar