TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarinning (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham davom etmoqda.

1680349
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Iroqda “Panja-Yildirim” amaliyoti olib borilgan mintaqa bilan mamlakat shimolidagi Zabda 2, “Tinchlik bulogʻi” amaliyoti olib borilgan mintaqada 1 jami PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan berilgan bayonotda,

“Terror va terroristlarga qarshi kurashimiz uzluksiz va samarali ravishda davom etmoqda. Iroqning shimolidagi Panja -Yildirim va Zap mintaqasida 2 nafar va Tinchlik bulogʻi amaliyoti olib borilgan mintaqada 1 nafar jami, PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yoʻq qilindi”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Undan tashqari PKK/ KJKning Hakurkdagi logistika sohasidan mas’ul va Serdar Pir Avesta degan kod nomi bilan tanilgan a’zosi Hakan Atesh, Iroq shimolidagi Hakurkda yoʻq qilindi.

Serdar Pir Avesta Hakurkning Birkim qishlogʻi yaqinlarida Milliy Razvedka tashkiloti tomonidan olib borilgan bir amaliyot orqali yoʻq qilindi.

2015-yilning iyun oyidan e’tiboran Shimoliy Iroqda faoliyat olib borgan Hakan Atesh, PKKning mamlakatdagi apparatlaridan YDG-H ichida faol ravishda xizmattaydi. Oʻtmishda tashkilotning mamlakatda olib borgan faoliyatlarini birma-bir uyushtirayotgan edi.

Amaliyot orqali tashkilotning logistika tarmogʻiga katta zarba berildi.

 



Aloqador xabarlar