AQSh qo‘llab-quvvatlasa, Turkiya Kobul aeroporti boshqaruvini olishga tayyor

Jo Bayden va Erdo‘g‘an NATOning Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganidan so‘ng turk harbiylari Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlashi bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

1678020
AQSh qo‘llab-quvvatlasa, Turkiya Kobul aeroporti boshqaruvini olishga tayyor

 

"Agar AQSh qo‘llab-quvvatlasa, Turkiya Kobul aeroporti boshqaruvini olishga tayyor",-dedi Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an.

"Afg‘oniston va mintaqada yangi davr boshlanmoqda, Turkiya AQSh va NATO bilan yonma-yon turibdi. AQSh hozirda Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishga qaror qilgan va ular Kobul aeroporti ishlashda davom etishini istamoqda. Biz bunga ijobiy qaraymiz va albatta, AQShga diplomatik munosabatlar va logistika masalalarida bir nechta shartlarimiz bor. Agarda bizni zarur darajada qo‘llab-quvvatlashsa, Kobul aeroporti boshqaruvini olishni o‘ylab ko‘ramiz", -dedi Turkiya prezidenti Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrifi chog‘ida.

Erdo‘g‘an shuningdek, "Tolibon" harakati bilan Afg‘onistondagi holatni muhokama qilmoqchi ekanini aytdi.

Eslatish joizki, may oyi oxirlarida AQSh va Turkiya prezidentlari Jo Bayden va Rajab Tayyip Erdo‘g‘an NATOning Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganidan so‘ng turk harbiylari Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlashi bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Iyun oyi o‘rtalarida Erdo‘g‘an Turkiya AQShning moliyaviy ko‘magida Afg‘onistondagi harbiy kontingentini saqlab qolishga tayyorligini bildirgandi.


Tanlangan kalimalar: #Kobul , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar