Prezident Erdoʻgʻan bugun ShKTRga tashrif uyushtirmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan bugun Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga (ShKTR) amaliy tashrif uyushtirmoqda.

1677312
Prezident Erdoʻgʻan bugun ShKTRga tashrif  uyushtirmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan bugun amaliy tashrif bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga (ShKTR) joʻnab ketmoqda. 

Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra Erdoʻgʻan, ShKTR Prezidenti Ersin Tatarning taklifiga binoan 19-20 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Shimoliy Kiprda boʻladi.

Tashrif doirasida Prezident Erdoʻgʻan, ShKTR Respublika Majlisining maxsus sessiyasida nutq soʻzlaydi. Erdoʻgʻan nutqi davomida bir suyunchli xabarni ovoza qiladi.  

Erdoʻgʻan shuningdek, 20-iyul “Tinchlik va ozodlik kuni” munosabati bilan boʻlib oʻtadigan marosimda ishtirok etadi.

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan bilan ShKTR Prezidenti Ersin Tatar uchrashuv chogʻida, Sharqiy Oʻrta yer dengizidagi oxirgi vaziyatlardan tashqari Turkiya bilan Shimoliy Kipr oʻrtasidagi munosabatlarni har tomonlama muhokama qiladi. Bundan tashqari Kipr ishi ustidan fikr almashiladi.

Tashrifi davomida Erdoʻgʻan, ShKTR Prezidenti Ersin Tatar bilan birgalikda ShKTRda yoʻlga qoʻyilishi tamomlangan turli loyihalarning ochilish marosimlari va tamal toshi qoʻyish tadbirlari uchun uyushtiriladigan marosimlarda qatnashadi.  


Tanlangan kalimalar: #ShKTR , #Prezident Erdoʻgʻan , #Ersin Tatar

Aloqador xabarlar