Turkiyada 1-iyulda odatiy hayotga qaytish boshlanadi

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vazirligining rasmiy qarori e’lon qilindi. Qaror matni 81 viloyat hokimligiga yuborildi. Qarorga muvofiq, 1-iyuldan boshlab komendantlik soati butunlay bekor qilinadi.

1666034
Turkiyada 1-iyulda odatiy hayotga qaytish boshlanadi

 

Turkiyada 1-iyuldan boshlab cheklovlar to‘liq bekor qilinadi.

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vazirligining rasmiy qarori e’lon qilindi. Qaror matni 81 viloyat hokimligiga taqdim etildi.

Qarorga muvofiq, 1-iyuldan boshlab komendantlik soati butunlay bekor qilinadi.

Bundan tashqari, shaharlararo harakatlanish va shahar jamoat transportidan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi.

Umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar joylar, sport majmualari, kinoteatrlar, kafe va restoranlar to’liq xizmat berishni boshlaydi. To’y va bazmlarga kelgan mehmonlar soni cheklanmaydi. Konsert va festivallar o’tkazilishiga ruxsat beriladi.

Koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, jumladan niqob taqish va ijtimoiy masofaga amal qilish sharti bilan tunash muassasalaridagi cheklovlar bekor qilinadi.

Shuningdek, Bangladesh, Braziliya, Janubiy Afrika, Hindiston, Nepal va Shri Lankadan Turkiyaga kirib kelayotgan barcha shaxslar uchun 14 kunlik majburiy karantin cheklovi bekor qilinadi. Ular uchun aeroportda koronavirus infeksiyasiga qarshi PZR tekshiruvini o‘tkazish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, ulardan Turkiyaga kirishdan 72 soat oldin olingan koronavirusga qarshi (PZR) test natijasini ko’rsatishi talab qilinadi.

Qolaversa, Afg’oniston va Pokistondan Turkiyaga kelayotgan fuqarolar uchun 14 kunlik karantin cheklovi 10 kunga kamaytiriladi. Karantin muddatining 7-kunida koronavirus infeksiyasiga qarshi PZR tekshiruvi o'tkaziladi va uning natijasiga ko’ra karantin bekor qilinadi. PZR test tahlili 18 soat ichida musbat chiqqan taqdirda belgilangan tartibda davolash ishlari tashkillashtiriladi, PZR test tahlili natijasi manfiy chiqqan taqdirda shaxs Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi COVID-19ga chalingan bemorlarni davolovchi maxsus shifoxonaga yuboriladi.

Hozirda vaksinatsiya mamlakat uchun asosiy maqsad bo‘lib qolmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, Turkiyada 47 million 800 mingdan ortiq dozada koronavirusga qarshi vaksina qo'llanildi. Bir necha kun ichida 18 yoshdan kattalarni emlashni yakunlash rejalangan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #karantin , #koronavirus , #cheklov , #Turkiya

Aloqador xabarlar