Anqarada Turkiya va Germaniya mudofaa vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqboldagi rejalari, terrorizmga qarshi kurash, FETO terroristik tashkilotining Germaniyadagi faoliyatlarini cheklash va ularga qarshi kurash masalasi muhokama qilindi.

1660322
Anqarada Turkiya va Germaniya mudofaa vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer Turkiyaga rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Oliy martabali mehmon Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar tomonidan harbiy marosim bilan kutib olindi.

Germaniya mudofaa vaziri tadbir doirasida “Sharaf daftari”ga imzo chekdi. So’ngra, ikki davlat mudofaa vazirlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqboldagi rejalari, terrorizmga qarshi kurash, FETO terroristik tashkilotining Germaniyadagi faoliyatlarini cheklash va ularga qarshi hamkorlikda kurash olib borish masalasi muhokama qilindi.

Hulusi Akar Germaniyada Fathulloh Gulen harakati (FETO) o’z faoliyatini davom ettirayotganligini, ularning bir qator xufyona ishlarga qo’l urganligini, bu nafaqat mudofaa vazirligining masalasi, ayni vaqtda ikki davlat o’rtasidagi o’ta muhim mavzulardan biri ekanligini ta’kidladi.

Turkiya bilan Germaniya o’rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalarga e’tibor qaratgan Hulusi Akar: “Fevral oyida Berlinga tashrifimiz chog’ida o’tkazgan muzokaralarimiz o’ta samarali, o’zaro kelishuv asosida ijobiy ruhda bo’lib o’tgandi”,-dedi.

Hulusi Akar “do’st, sherik va NATOdagi eng muhim hamkorimizdan biri” deb atagan Germaniya mudofaa vazirini Turkiyada kutib olganidan bahtiyorligini tilga oldi.

Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer ham unga ko’rsatilgan samimiy mehmondo’stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

“Yaxshi hamkorlar hamisha bir-biriga quloq soladilar. Har qanday pozitsiyani natijasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, to’g’ri tushunishga harakat qiladilar. Bugun bo’lib o’tgan uchrashuvimizda ham umuman olib qaralganda kelishib oldik deb o’ylayman”,-dedi u.



Aloqador xabarlar