TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li bugun Josep Borell bilan uchrashadi

Uchrashuvda 24-25 iyun kunlari bo’lib o’tadigan Yevropa Ittifoqi sammitiga puxta tayyorgarlik masalalari, shuningdek, sammit oldidan ko’p qirrali munosabatlar ko’zdan kechiriladi.

1660300
TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li bugun Josep Borell bilan uchrashadi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Josep Borell bilan uchrashadi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li 17-20 iyun kunlari Antaliyada bo’lib o’tadigan Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammiti va Antaliya diplomatik forumida ishtirok etish maqsadida Turkiyada bo’lib turgan Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Josep Borell bilan 18 iyun kuni ikki tomonlama uchrashuv o’tkazadi”,-deyiladi ma’lumotda.

Uchrashuvda 24-25 iyun kunlari bo’lib o’tadigan Yevropa Ittifoqi sammitiga puxta tayyorgarlik, sammit oldidan ko’p qirrali munosabatlarning ko’zdan kechirilishi, Turkiyaning qo'shilish istiqbollari asosida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha qadamlar muhokama qilinadi. Shuningdek, global va mintaqaviy o’zgarishlar haqida fikr almashiladi.



Aloqador xabarlar