Butun dunyo ko‘rmaslikka olsa ham Turkiya Isroil zulmiga yo‘l qo‘ymaydi

Butun dunyo ko‘rmaslikka olsa ham Turkiya Isroilning Quddus va boshqa Falastin shaharlaridagi zulmiga yo‘l qo‘ymaydi.

1639434
Butun dunyo ko‘rmaslikka olsa ham Turkiya Isroil zulmiga yo‘l qo‘ymaydi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Falastinda butun dunyo ko‘rmaslikka olsa ham Isroilning zulmiga yo‘l qo‘ymaymiz”. - dedi.

Erdo‘g‘an, Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak partiya) tashkiloti bilan videoanjuman orqali hayitlashdi. Unda so‘zlagan nutqida :

“Kecha Suriya chegaralarimizda terror yo‘lagi qurilishiga qanday qilib yo‘l qo‘ymagan bo‘lsak bugun ham Aqsa masjidining mahramiyatiga uzagan qo‘llarga ham bir xil qarorlilik bilan qarshilik ko‘rsatamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bugungacha dunyoning 19 davlat va hukumat rahbari bilan telefon orqali muloqat qilganini qayd etgan Prezident Erdo‘g‘an:

“Ular bilan ham hayitlashdik ham da Quddus va boshqa Falastin shaharlarida yuz bergan voqealar haqidagi tashvishlarimizni bo‘lishdik. Qisqacha qilib aytganda diplomatik aloqalar yuritdik. Ular bilan bir xil hisslar ichida ekanimizga guvoh bo‘ldik”. - dedi.

“Isroilning Falastin shaharlari va Quddusda qo‘l urgan hujumlariga qarshi chiqish insoniyatning burchidir”. - degan Prezident:

“Isroil to‘kkan qonlarni, qilgan hurmatsizliklarini jimjirt tomosha qilish yoki ochiq - oydin u qilgan ishlarni qo‘llab - quvvatlash orqali sherik bo‘lganlar bir kun kelib navbatning o‘zlariga kelishini bilib qoysinlar”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Quddusdek ham musulmonlar ham xristianlar ham da yahudiylar uchun muqaddas bo‘lgan makonlarni o‘z ichiga olgan bu shaharni ayovsiz talon - taroj qilishga uringan bu terror davlatining (Isroil) haddini oshganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“(Isroilning hujumlariga qarshi) qaysi din va qaysi millatdan bo‘lishidan qat’iy nazar dunyoning har bir davlati va tashkilotini tezlik bilan chora ko‘rishga chaqiramiz”. - deya gapirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar