Mavlud Chavusho’g’li Germaniya prezidenti tomonidan qabul qilindi

“Prezident Frank Volter Steinmeier bilan azaliy hamkorligimizni yanada rivojlantirish masalasini muhokama qildik”,-deb yozgan Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.

1635645
Mavlud Chavusho’g’li Germaniya prezidenti tomonidan qabul qilindi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Berlinda Germaniya prezidenti Frank Volter Steinmeier tomonidan qabul qilindi.

Tomonlar Turkiya – Germaniya strategik sherikligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Shuningdek, ikki mamlakat o’rtasida tuzilgan migratsiya shartnomasining 60 yilligida turk jamiyatining mamlakatda tutgan o’rni, bugungi vaziyati va ularning muvaffaqiyati ko’zdan kechirildi.

“Prezident Frank Volter Steinmeier bilan azaliy hamkorligimizni yanada rivojlantirish masalasini muhokama qildik”,-deb yozgan Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.

Mavlud Chavusho’g’li Germaniyaga amaliy tashrifi doirasida Germaniyaning turizmdan mas’ul parlamentar maslahatchisi Tomas Bareis bilan uchrashib, Turkiyaning ishonchli turizm dasturi haqida ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, Yevroittifoq tomonidan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi pasport joriy etilishi bo’yicha faoliyatlar va epidemiyaga qarshi olinayotgan chora-tadbirlar haqida fikr almashildi.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavushog’li , #Germaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar