Hulusi Akar Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks bilan uchrashuv o'tkazdi

Hulusi Akar Latviyaning Usmoniy imperiyasida sodir etilgan 1915-yil voqealarini “genotsid” deb baholash to’g’risidagi qarorini qoraladi.

1635398
Hulusi Akar Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks bilan uchrashuv o'tkazdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Latviya bosh vazir o’rinbosari va mudofaa vaziri Artis Pabriks bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o’tkazdi.

Online uchrashuvda Turkiya – Latviya o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, mudofaa, xavfsizlik, mudofaa sanoati bo’yicha hamkorlik va NATO masalalari bo’yicha fikr almashildi.

Hulusi Akar Latviyaning Usmoniy imperiyasida sodir etilgan 1915-yil voqealarini “genotsid” deb baholash to’g’risidagi qarorini qoraladi.

“Latviya parlamenti tomonidan qabul qilingan 1915-yil voqealarini “genotsid” deb baholash to’g’risidagi qarorini rad etamiz va tan olmaymiz”,-dedi Hulusi Akar.

Ta’kidlash joizki, Latviya parlamenti bugun, 6-may kuni Usmoniylar imperiyasida XX asr boshlarida (1915-yil) yuz bergan hodisalarni “genotsid” deb baholash to’g’risida qaror qabul qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #genotsid , #Latviya , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar