Turk hay'ati Liviyada

Turk hay'ati Liviya poytaxti Tripolida.

1633251
Turk hay'ati Liviyada

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshlig‘i general Yashar Guler va Milliy razvedka tashkiloti vaziri Hakan Fidan Liviya poytaxti Tripolida.

Chavusho‘g‘lu ushbu tashrif haqida Twitter hisobi orqali:

“Qardosh Liviyani qo‘llab - quvvatlash, strategik sherikligimizni rivojlantirish va ikki tomonli munosabatlarimizni qo‘lga olish maqsadida Tripolidamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda esa,  Tripolidagi Mitiga aeroportida Turkiyaning Tripoli elchisi Kenan Yilmaz tomonidan kutib olingan Hulusi Akarning Bosh shtab boshlig‘i general Yashar Guler bilan birgalikda Liviya qo‘mondonligida bo‘lganliklari qayd etildi.

Akarni u yerda Liviya Bosh shtab boshlig‘i general Muhammed al - Haddad, G‘arb mintaqa qo‘mondoni general - mayor Usame Juvayli va Tripoli mintaqa qo‘mondoni general - mayor Abdulboqiy Mervan kutib oldi.  

Hulusi Akar Liviya Bosh shtab boshlig‘i general Muhammed al - Haddad bilan ham uchrashdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Liviya

Aloqador xabarlar