Turkiyada 17-maygacha to’liq lokdaun joriy etildi

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha bo’lib o’tgan favqulodda yig’ilishdan so’ng e’lon qildi.

1628888
Turkiyada 17-maygacha to’liq lokdaun joriy etildi

 

Turkiyada 17 maygacha to’liq lokdaun joriy etildi. Cheklovlar 29-apreldan 17 maygacha davom etadi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha bo’lib o’tgan favqulodda yig’ilishdan so’ng e’lon qildi.

Prezidentning bayonotiga ko’ra,  to’liq lokdaun joriy etilgan kunlar mobaynida;

Shaharlararo qatnovlar cheklanadi;

Maktablarda yuzma-yuz ta’lim to’xtatiladi, barcha imtihonlar keyinga qoldiriladi.

Ommaviy transport vositalarida yo’lovchilar soni 50 foizdan oshlaydi;

Aksariyat ishxonalar, muassasalar, savdo markazlari yopiladi.

Davlat idoralarida xodimlar uzoqdan ishlash tizimiga o’tadi. Keksa va nogiron insonlarga yordam berish, ehtiyojlarini yetkazib turish maqsadida maxsus yordam guruhi tashkil etiladi.

Erdo’g’an xalqdan cheklov qoidalariga qat’iyan amal qilishga chaqirdi. Chunki, kunlik kasallanish holatlari sonini sur’at bilan 5 mingdan ozroqqa tushirish zarurligini ta’kidladi.

Ma’lumotga ko’ra, cheklovlar muddati 29-aprel kuni soat 19:00da boshlanib, 17-may kuni soat 05:00da yakunlanadi.

Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, pandemiya boshidan beri kunlik kasallanish holatlari soni 60 minggacha ko'paygan.  Shuningdek, koronavirusdan rekord darajada kunlik o‘lim holatlari qayd etilmoqda. Shu kungacha mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlari soni 38 mingdan oshdi. O‘tgan bir sutkada 37 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #lokdaun , #Turkiya

Aloqador xabarlar