Turkiya Baydenning 1915 - yilgi voqealar haqidagi bayonotini lanatladi

Turkiya AQSh Davlat rahbari Jo Baydenning 1915 - yilgi voqealar haqidagi bayonotini lanatladi.

1627687
Turkiya Baydenning 1915 - yilgi voqealar haqidagi bayonotini lanatladi

Turkiya Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat rahbari Jo Baydenning 1915 - yilgi voqealarni “qatliom” deb baholashini lanatladi. 

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“AQSh Davlat rahbarining 24 - aprel kuni 1915 - yilgi voqealar haqida bergan bayonotini qabul qilmaymiz va uni eng og‘ir ravishda lanatlaymiz”. - degan holda:

“Tarixiy mavzularda hukm chiqarishga na huquqiy na ahloqiy jihatdan haqqi bor AQSh Davlat rahbari bayonotining hech qanday qiymati yo‘q”.- degan ifodalarga o‘rin berildi. 

“1915 - yilgi voqealar haqida, xalqaro huquqda qayd etilgan qatliom iborasidan foydalanilishi uchun kerakli shartlarning hech qaysinisi mavjud emasdir.” - deyilgan bayonotda:

“Bunday munosabat tarixning faqatgina qo‘pollik bilan vayron qilinishigagina xizmat qiladi. Yevropa Inson huquqlari Sudi 1915 - yilgi voqealarning mubohasali tomonini ochiq - oydin ifoda etdi. Boshqa jihatdan Turkiyaning u davrga doir ilmiy haqiqatlar asosida odilona xotira tashkil etilishiga qaratilgan 2005 - yilgi ‘Mushtarak tarix komissiyasi” tashkil etilishi haqidagi taklifi ham, arman tomonining bugungacha e’tiborsiz bo‘lib kelishiga qaramay haligacha ochiqdir”. - deb qayd etildi. 

Bayonotda shuningdek, madaniyatlar beshigi sifatida tan olingan bir geografiya markazida o‘rin olgan va duch kelingan barcha qiyinchiliklarga qaramay insoniyatning tinchlik va farovonligi uchun mehnat qilishni o‘ziga shior qilib kelgan Turkiyaning, tarixi bilan yuzlashishdan hech qanday qochmagani ham ta’kidlandi va bu borada:

“(Turkiya) Bu borada AQSh doxil, hech kimdan saboq oladigan ahvolda emasdir”. - deyildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #1915-yilgi voqealar , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar