Turkiya Xalq ta’limi vaziri Ziyo Selchuk Anitkabirni ziyorat qildi

Ziyo Selchuk boshchiligidagi vazirlik hay’atiga o’qituvchilar va bolalar hamrohlik qildi. Ular ushbu ulug’ kunda 23 aprel bayramini bolalarga armug’on etgan Mustafo Kamol Otaturk mavzoleyini ziyorat qildilar.

1626879
Turkiya Xalq ta’limi vaziri Ziyo Selchuk Anitkabirni ziyorat qildi
ziya selcuk anitkabir 23 nisan.jpg
ziya selcuk anitkabir 23 nisan.jpg

 

Bugun Turkiyada 23-aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Turkiya Xalq ta’limi vaziri Ziyo Selchuk Anitkabir majmuasini ziyorat qildi.

Ziyo Selchuk boshchiligidagi vazirlik hay’atiga o’qituvchilar va bolalar hamrohlik qildi. Ular ushbu ulug’ kunda 23 aprel bayramini bolalarga armug’on etgan Mustafo Kamol Otaturk mavzoleyini ziyorat qildilar. Otaturk poyiga gulchambar qo’ydilar va unga hurmat bajo keltirdilar. So’ngra, davlat madhiyasi kuylandi.

Turkiya Xalq ta’limi vaziri Ziyo Selchuk marosim doirasida, Anitkabirdagi maxsus xotira daftariga o’z his-tuyg’ulari yozib imzo chekdi.

“Respublikamizga asos solgan, Oliy majlisimizning birinchi rahbari, bosh murabbiy Mustafo Kamol Otaturk!  Bugun Turkiya Oliy majlisi tashkil topganining 101 yilligini va Milliy mustaqillik va bolalar bayramini nishonlash uchun 18 mln o’quvchi va 1 mln o’qituvchi nomidan huzuringizdaman. “Xalqning istiqlolini yana xalqning qat’iy qarori qutqaradi” degan holda bizga yo’l ko’rsatdingiz. Milliy irodani ustuvor vazifa deb hisoblab, Oliy majlisimizning tashkil topishiga zamin yaratdingiz. Bu Turkiya Respublikasi tarixida eng sharafli kundir”,-deb yozgan Ziyo Selchuk Anitkabir xotira daftariga.

Vazir Otaturkning bolalarga bo’lgan mehr-shafqatini inson sevgisining asosi deb bilgan holda, 23 aprelni bolalarga bayram sifatida armug’or etganligini eslatib o’tdi. Shu sababli bolalar o’zlarini yana ham qadrli deb his qilib, kelajakka yana ham katta umid bilan intilayotganligini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar