Prezident Erdo‘g‘an g‘alabasi munosabati bilan Boyko Borisovni tabrikladi

Prezident Erdo‘g‘an Boyko Borisov bilan telefon orqali muloqat qildi.

1624450
Prezident Erdo‘g‘an g‘alabasi munosabati bilan Boyko Borisovni tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Bolgariyaning Yevropa taraqqiyoti uchun fuqarolar partiyasi lideri va iste’foga chiqqan Bosh vazir Boyko Borisov bilan telefon orqali muloqat qildi.

Erdo‘g‘an ushbu muloqat chog‘ida Bolgariyadagi saylovda Yevropa taraqqiyoti uchun fuqarolar partiyasining g‘alabasi munosabati bilan Boyko Borisovni tabrikladi.

Bolgariyaning Borisov raisligida iqtisodiy taraqqiyot va barqarorlikka erishganini qayd etgan Prezident Erdo‘g‘an, yangi hukumat tashkil etish jarayonining ham eng xayrli tarzda ishga oshishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz Bolgariyada saylovchilar, 4 - aprel kuni mamlakat Milliy majlisi (Parlament) uchun ovoz bergandi.



Aloqador xabarlar