Qoniyada halokatga uchragan NF - 5 uchuvchisi shahid bo‘ldi

Bugun mamlakatning Qoniya shahrida halokatga uchragan NF - 5 uchuvchisi shahid bo‘ldi.

1616666
Qoniyada halokatga uchragan NF - 5 uchuvchisi shahid bo‘ldi

Turkiyaning Qoniya shahrida mamlakatning Harbiy - havo kuchlari qo‘mondonligiga oid uchoq halokatga uchradi.  

Milliy Mudofaa vazirligi bu haqida,

“Qoniyada o‘quv mashqi chog‘ida baxtsiz hodisaga duch kelgan Harbiy - havo kuchlarimizga oid NF - 5 rusumidagi uchog‘imizning uchuvchisi shahid bo‘ldi”. - deb bayonot berdi.

Mintaqaga ko‘plab tibbiy xodim va o‘t o‘chiruvchi yetib borar ekan jandarmeriya guruhi xodimlari mintaqada xavfsizlik choralari ko‘rdi.

Voqea ustidan surishtiruv ishlarining boshlatilgani ifoda etilgan bayonotda,

“Qahramon uchuvchimizga Olloxdan rahmat, qayg‘uli oilasi, Turk Qurolli kuchlari va aziz turk xalqiga ta’ziya izhor etib, sabr tilab qolamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ham ijtimoiy tarmoq orqali, Qoniyada harbiy mazmunda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etuvchi uchoqning o‘quv mashg‘uloti chog‘ida qulashi va uchuvchining shahid bo‘lishi haqidagi ma’lumotni chuqur qayg‘u bilan olganliklarini qayd etdi.  

Erdo‘g‘an,

“Shahidimizga Olloxdan rahmat, oilasi, yaqinlari, Turk Qurolli kuchlari va xalqimizga ta’ziya izhor etaman”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Qoniya , #Harbiy - havo kuchlari , #NF-5

Aloqador xabarlar