Erdo‘g‘an: "Suv barcha tirik mavjudotlar singari insoniyat uchun ham ulug‘ ne’matdir".

Prezident Erdo‘g‘an Beshtepadagi Xalq kongressi va madaniyat markazida, “1 - Suv kengashini tanitish va 363 ta’sisning umumiy ochilish marosimi”da nutq so‘zladi.

1610817
Erdo‘g‘an: "Suv barcha tirik mavjudotlar singari insoniyat uchun ham ulug‘ ne’matdir".

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an suvning barcha tirik mavjudotlar singari insoniyat uchun ham ulug‘ ne’mat ekanini, nafaqat hayotimiz balki iqtisodiy rivoj va o‘sish uchun ham voz kechilmas unsurlardan biri ekanini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an Beshtepadagi Xalq kongressi va madaniyat markazida, “1 - Suv kengashini tanitish va 363 ta’sisning umumiy ochilish marosimi”da nutq so‘zladi.

Prezident Erdo‘g‘an unda, Davlat suv ishlari tomonidan qurilishi tamomlangan 363 ta’sisning ochilishi orqali iqtisodiy tarmoqqa, 427 million liraga yaqin hissa qo‘shilishini ifoda etdi.

Suvning barcha tirik mavjudotlar singari insoniyat uchun ham ulug‘ ne’mat ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Suv nafaqat hayotimiz balki iqtisodiy rivoj va o‘sish uchun ham voz kechilmas unsurlardan biridir. Bu ehtiyojni har doim qondira olish uchun isrofga monelik qilish alohida o‘ringa ega”. - dedi.

2025 - yilgacha dunyoda suv tanqisligi yuzasidan 700 milliondan ortiq kishining ko‘chish xavfi ostida ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, aholi soni bilan birga ortgan oziq - ovqat va energetika talabi bilan iqlim o‘zgarishining kelajakda yana - da halokatli ta’sirlari bo‘lishi mumkinligini yodga soldi.

Mamlakatda oxirgi 19 yilda 8697 yangi ta’sis (600 to‘g‘on) qurganliklarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, (Turkiyaning Respublika deb e’lon qilinishining 100 - yilligi bo‘lgan) 2023 - yilgacha tamomlangan yerosti to‘g‘oni sonining 157 ga yetishini bildirdi.  

Prezident Erdo‘g‘an majlisda, bir suv qonuni ustida ish olib borganliklarini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar