Hulusi Akar: “Suriyaning shimolida 200 dan ortiq terrorist yo‘q qilindi”.

Akar, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan telefon orqali Suriyadagi o‘q uzish to‘xtatish kelishuvini paymol qilgan masalalarni qo‘lga olganliklarini ma’lum qildi.

1608569
Hulusi Akar: “Suriyaning shimolida 200 dan ortiq terrorist yo‘q qilindi”.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akarning qayd etishicha, 1 - martdan bugungacha ko‘pchiligi Suriyaning shimolida 200 dan ortiq terrorist yo‘q qilingan.

Jurnalistlarning kun tartibi haqidagi savollariga javob bergan Akar, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan telefon orqali Suriyadagi o‘q uzish to‘xtatish kelishuvini paymol qilgan masalalarni qo‘lga olganliklarini ma’lum qildi.

Akar muloqatning konstruktiv tarzda o‘tganini belgilab o‘tgan holda,

“Bir - birimizga (Suriyadagi) barcha paymollarni yetkazdik. Bir qator chora ko‘rilishi kerakligi borasida kelishib oldik va faoliyatlarimizni shunday davom ettiryapmiz”. - dedi.

Akar, mintaqagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvining doimiy bo‘lishini va mintaqada tezlik bilan tinchlikning o‘rnashini maqsad qilgan Turkiyaning, bunga hissa qo‘shishni davom etishini o‘z so‘ziga ilova etdi.  

Hulusi Akar shuningdek:

“Bu yerdagi terrorist guruhlarning tezlik bilan nazoratga olinishi lozim. Ularga qarshi bir qator kurash, bir qator chora - tadbir kuchga kirishi kerak. Bu borada birgalikda faoliyat olib borish bo‘yicha (Rossiya bilan) kelishib oldik”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Akar, Suriyadagi ig‘vogarchiliklarga qarshi har qanday javobning berilganini belgilab o‘tgan holda:

“1 - martdan beri terroristlarning bir necha tashabbuslari, hujumlari bor. Ularga berilgan javob natijasida Suriya va Iroqning shimolida (ko'pchiligi Suriyada) 200 ortiq, qariyb 220 nafar terrorist yo‘q qilindi”. - dedi.

 

 



Aloqador xabarlar