Chavusho‘g‘lu bilan Blinken yuzma - yuz uchrashuv o‘tkazdi

Chavusho‘g‘lu bilan Blinken NATO qarorgohida yuzma - yuz uchrashuv o‘tkazdi.

1607517
Chavusho‘g‘lu bilan Blinken yuzma - yuz uchrashuv o‘tkazdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken bilan Belgiya poytaxti Bryusselda NATO qarorgohida uchrashdi.

NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun hozirda Bryusselda bo‘lgan ikkala vazir Blinken o‘z vazifasini boshlaganidan beri birinchi marotaba yuzma - yuz uchrashuv o‘tkazdi.  

Chavusho‘g‘lu Blinken bilan 15 - fevral kuni telefon orqali muloqat qilar ekan unda, o‘zaro munosabatlardan tashqari mintaqaviy masalalar, Fetullahchi terror tashkiloti va PKK/ PYD doxil terrorizmga qarshi kurash, Turkiyaning Rossiyadan xarid qilib olgan S - 400 zenit raketa tizimlari, Suriya va Sharqiy O‘rta yer dengizi masalalarini baholagandi.



Aloqador xabarlar