Turkiya bilan Yevropa ittifoqi ijobiy tusdagi kun tartibini davom ettirishda hamfikr

Chavusho‘g‘lu Belgiya poytaxti Bryusselda uyushtirilgan Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi ortidan Borrel bilan uchrashdi.

1606447
Turkiya bilan Yevropa ittifoqi ijobiy tusdagi kun tartibini davom ettirishda hamfikr

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi ijobiy tusdagi kun tartibini davom ettirish uchun Yevropa ittifoqi Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Josep Borrel bilan birgalikda faoliyat olib borganliklarini ma’lum qildi.

Chavusho‘g‘lu Belgiya poytaxti Bryusselda uyushtirilgan Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi ortidan Borrel bilan kechki ovqatda uchrashdi.

Ushbu uchrashuvni ijtimoiy tarmoq hisobida baholagan Chavusho‘g‘lu,

“YI Oliy vakili Borrel bilan ijobiy tusdagi kun tartibini davom ettirish uchun birgalikda faoliyat olib boramiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiya bilan YI o‘rtasidagi bojxona ittifoqining yangilanishi, vizasiz rejim, tartibsiz migratsiya va terrorga qarshi kurash bo‘yicha yana - da tig‘iz hamkorlik qilinishi kerakligini qayd etgan Chavusho‘g‘lu Suriya, Afg‘oniston va Liviya doxil mintaqaviy masalalarni ham qo‘lga olganliklarini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar